O‘zbekiston IT-eksport uchun yangi joziba kasb etib boryapti — Exadel bosh direktori

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Exadel (AQSh) kompaniyasi bosh direktori Ulrix Otto bilan uchrashdi.
Dastlab mehmonlar IT Park faoliyati va Raqamli texnologiyalar vazirligining vazifalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, shu kunlarda bo‘lib o‘tadigan “Digital Leadership Uzbekistan 2023” forumi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kompaniya bosh direktori IT-eksport hajmi o‘sishda davom etayotgani va bu soha uchun O‘zbekiston yangi joziba kasb etib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, kompaniya uchun hududlarda bepul ofis xonalari va texnologik jihozlar ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Exadel kompaniyasining O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini tashkil etish taklifi berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter