Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochiq ma’lumotlar portali oltin darajadagi sertifikat — “Gold level” oldi

Ochiq ma’lumotlar portali oltin darajadagi sertifikat — “Gold level” oldi

Foto: Data.egov.uz

2023-yil 5-dekabr kuni Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali — data.egov.uz “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Lekin, dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo‘lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti stat.uz.

Shuningdek, dunyoda jami 9 ta sayt va portal “Gold level” oltin darajadagi sertifikat olishga muyassar bo‘lgan va ular qatoriga O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz ham qo‘shildi.

Ochiq ma’lumotlar sertifikati — ochiq ma’lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to‘plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir.

Barqaror ochiq ma’lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami 9 mingga yaqin ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring