Mobil aloqa operatorlari uchun "VoLTE Interconnect" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Xalqaro eletraloqa ittifoqi tomonidan mobil aloqa operatorlari uchun "VoLTE Interconnect" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida Xalqaro eletraloqa ittifoqining MDH hududidagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari N. Mochu va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha eksperti K. Savin tomonidan "VoLTE Interconnect" mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari VoLTE texnologiyasining O‘zbekistondagi istiqbollari, "VoLTE Interconnect" imkoniyatlari, bu jarayonda yuzaga keladigan texnik masalalar haqida o‘zaro fikrlar almashildilar.
Davra suhbati natijalariga ko‘ra, Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqining MDH hududidagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter