Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 5,5G standarti sinovdan o‘tkazildi

Xitoyda 5,5G standarti sinovdan o‘tkazildi

Foto: Huawei Central

Xitoyning ikki yirik texnokompaniyasi — China Unicom va Huawei 5,5G yangi aloqa standartini sinovdan o‘tkazdi. Sinov ushbu tarmoqlar to‘laqonli tijoriy foydalanishga topshirilishidan oldin bo‘lib o‘tdi.

China Unicom Pekin bo‘linmasi bosh direktorining o‘rinbosari Syao Juy aytishicha, Pekinning bir nechta hududida sinalgan 5,5G kutilgan samarani bergan. “Besh yarimtalik” standartda o‘tkazuvchanlik soniyasiga 10 gigabitgacha chiqishi mumkin, shuning barobarida, tarmoqning muntazam ishlash tezligi soniyasiga 5 gigabitdan yuqori bo‘lgan.

Yangi texnologiya tijoriy faoliyat uchun 2024-yilda to‘liq shay holatiga keladi, deyiladi xabarda. Huawei kompaniyasi simsiz tarmoqlar marketingi bo‘limi rahbarining o‘rinbosari Chju Syaodan ta’kidlashicha, mobil aloqa ommaviy talabdan tashqari, barcha sohalarning raqamli ehtiyojlarini ham qanoatlantirishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring