SIM-kartaning yangi avlodi — rSIM taqdim etildi
Deutsche Telekom va Tele2 operatorlari rSIM texnologiyasini taqdim etishdi.
Bu SIM-kartaning yangi formati bo‘lib, bitta kartada turli operatorlarning ikki xil raqamidan foydalanish imkonini beradi. E’tiborli jihati, eski tugmali telefonlarda ham ishlaydi!
Shuningdek, rSIM sun’iy intellekt bilan ham chiqishadi, bu esa real vaqt tartibida tarmoq sifatini kuzatish imkonini beradi. Agar aloqa yo‘qolib qolsa, texnologiya bog‘lanishni uzmasdan boshqa operatorga ulanadi.
rSIM (Resilient SIM) — dunyodagi birinchi haqiqiy barqaror va intellektual SIM-karta. U qurilmaga qaram emas, doim bog‘lanishni kuzatib turadi. rSIMda o‘z tarmoq ulanishini tekshirish va uzilishlar yuz berganda provayderlarni avtomat tarzda almashtirish uchun uchun patentlangan yangi texnologiya tatbiq etilgan, bu esa uzilishlar kuzatilganda SIM-karta va qurilmalar o‘chib qolishining oldini oladi.
“Yangi intellektual SIM-karta IoT (Narsalar interneti) va mobil internet qurilmalarining tarmoqlarga ulanishini keskin yaxshilaydi”, — deyiladi matbuot uchun berilgan xabarda.
Deutsche Telekom, Tele2, T-Mobile va GSMA sinov o‘tkazish uchun rSIMni taklif etishni boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter