Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Londondagi 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston va Britaniyaning IT-sohadagi hamkorligida muhim bosqich

Londondagi 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston va Britaniyaning IT-sohadagi hamkorligida muhim bosqich

Foto: Digital.uz

Kecha, 28-noyabr kuni Londonda vazirliklar vakillari va kompaniyalarning yetakchi rahbarlarini birlashtirgan 27-O‘zbekiston — Britaniya savdo va sanoat kengashi (UBTIC)ning muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston IT-sohada amalga oshirayotgan tizimli islohotlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan tanishtirib o‘tildi, jumladan:

  • IT-xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish;
  • IT-sohada 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash;
  • BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida mamlakatimizni yetakchi 30 ta davlat qatoriga kiritish.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistondagi 22 ta mahalliy rezident kompaniya tomonidan Buyuk Britaniyaga 33,5 million dollarlik IT-xizmatlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu jami ko‘rsatilgan IT-xizmatlar eksportining (238,7 mln dollar) 14 foizini tashkil etmoqda.

Mamlakatimizda Buyuk Britaniya kapitaliga asoslangan 11 ta rezident kompaniya faoliyat olib bormoqda.

Londondagi muzokaralarda Buyuk Britaniyaga IT-xizmatlar eksportini oshirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniyadagi investorlar va IT-kompaniyalarga ushbu mazmundagi murojaatni yo‘lladi:

“Biz britaniyalik investorlar va kompaniyalarni O‘zbekistonda IT sohacida hamkorlik qilishga taklif qilamiz.

IT sohasida jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning yangi IT-xabi sifatida paydo bo‘lmoqda. Biz hamkorlikka ochiqligimizni va birgalikda IT-xizmatlar eksportini rivojlantirishga tayyorligimizni ma’lum qilamiz”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring