IT Park va Singapurning G-EMx Technologies kompaniyasi hamkorlik qiladi

25-may kuni IT Park Uzbekistan ofisiga Singapur biznes hamjamiyatning yetakchi vakillari hamda biznes va innovatsiyalar sohasidagi ekspertlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar 2019-yilda O‘zbekistondagi birinchi texnoparkning ochilish marosimida prezident tomonidan qo‘yilgan kapsula namoyish etildi, IT Park faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif doirasida IT Park direktori o‘rinbosari Jahongir Rajabov hamda G-EMx Technologies rahbari Asmadi bin Ahmad hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Memorandum asosida O‘zbekiston va Singapurda IT-loyihalarni rivojlantirish va ilgari surish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Xususan, ta’lim, startap ekotizimlarini rivojlantirish va BPO sektori bo‘yicha axborot va tajriba almashish ko‘zda tutilmoqda. Tomonlar raqamli iqtisodiyot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yosh IT-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.
Singapur Biznes federatsiyasi direktori Rey Kvan O‘zbekiston va Singapur IT-sanoati o‘rtasidagi hamkorlik milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va’da qilishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter