Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google foydalanuvchilarga 2Gni o‘chirishni maslahat beradi

Google foydalanuvchilarga 2Gni o‘chirishni maslahat beradi

Foto: 4pda

Google Android smartfonlari egalarini ikkinchi avlod tarmoqlarini o‘chirishga chaqirdi. Bu ularning past darajadagi xavfsizligi bilan bog‘liq, sababi, firibgarlar turli yirik kompaniyalar nomidan qurilmalarga soxta matnli xabarlarni yuborishlari mumkin.

2G tarmoqlarining xavfsizligi pastligi sababli, tajovuzkorlar mobil qurilma ulanishlarini to‘xtatib turish uchun uyali tarmoq simulyatorlaridan, ya’ni soxta tayanch stansiyalar (FBS) yoki haqiqiy uyali aloqa stansiyalarini taqlid qiluvchi Stingrays  radio qurilmalaridan foydalanishi mumkin. Google hisobotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda FBSdan moliyaviy firibgarlik uchun foydalanish holatlari ko‘paygan.

Odatda, operatorlar firibgarlarga fishing smslarini tarqatishni qiyinlashtiradigan maxsus spam-filtrlardan foydalanadilar. Biroq, FBSdan foydalanish ushbu mudofaa mexanizmlarini butunlay chetlab o‘tishga imkon beradi, bu esa xabarlarni qurbonlarga yetkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, firibgarlar turli kompaniyalar, jumladan, banklar raqamlaridan kelgan xabarlarni ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, yaqinda AQShdagi yuz minglab qurilmalar tibbiy sug‘urta bildirishnomalari sifatida yashiringan xabarlarni oldi.

Android 12da endi modem darajasida 2Gni o‘chirib qo‘yish mumkin – bu parametr foydalanuvchilarni soxta SMS olish xavfidan to‘liq himoya qiladi. 2G o‘chirilgan bo‘lsa ham, favqulodda qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishlashda davom etishi muhimdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring