Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti yil ichida birinchi intervyu: Pavel Durov nima haqida gapirdi

Yetti yil ichida birinchi intervyu: Pavel Durov nima haqida gapirdi

Telegram asoschisi Financial Times nashriga intervyu berib, kompaniyaning hozirgi holati va kelajak rejalari haqida ma’lumot berdi.

Telegramda oyiga 900 million faol foydalanuvchi bor, bu 2021 yil boshidagidan deyarli ikki baravar ko‘p. Kompaniya, shuningdek, rentabellikka erishishga yaqinlashmoqda va Durov kelgusi yil yoki hatto bu yil loyiha “plyus”ga kirishiga ishonchi komil. Telegram egasining so‘zlariga ko‘ra, ilova potensial fond bozori va birjada muvaffaqiyatga erishish yo‘lida.

Hozirda messenjer reklama platformasi va pullik obunalar orqali moliyalashtiriladi, buning natijasida u “yuzlab million dollarlar” daromad keltirdi. Shu bilan birga, jamoa boshqa monetizatsiya imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Durovning so‘zlariga ko‘ra, potensial investorlar messenjer qiymatini “30 milliard dollar yoki undan ko‘proq” deb baholashgan, biroq Telegramni sotish masalasi ko‘rib chiqilmayapti. Buning o‘rniga kompaniya birjaga chiqishga tayyorlanmoqda. Durovning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar 2024 yilda bo‘lmasa, kelasi yilda daromad keltirishi mumkin.

Shu bilan birga, FT manbalari Telegram Amerika bozorida IPO o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan bo‘lsada, Durov aksiyalarni joylashtirishning aniq vaqti va joyini ko‘rsatishdan bosh tortdi. Durov, shuningdek, kompaniyaning sun’iy intellektni joriy etish va uning asosida moderatsiya darajasini kuchaytirish uchun chatbot yaratish rejalari haqida gapirdi. Biroq, Durov "odamlar o‘z fikrlarini qanday ifoda etishini nazorat qilish" kerak emasligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring