Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan elektromobil qaysi?

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan elektromobil qaysi?

Foto: Motorline.cc

Tesla Model Y 2023 yilning birinchi kvartalida 267 mingta sotilib, eng ko‘p sotilgan mashina sifatida dunyo rekordini o‘rnatdi. Bu mazkur elektromobil uchun ilk ko‘rsatkichdir.

O‘tgan yili ayni model Yevropa va Kaliforniyada eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylangan edi. U Xitoydagi xaridorgir mashinalar to‘rttaligi, Amerikada esa o‘ntaligiga kiradi.

Shu vaqtgacha eng ko‘p xarid bo‘yicha birinchilik Toyota Corollaga nasib etib kelayotgan edi. Agar haydovchilar Model Yni tanlashda davom etsalar, yil oxirigacha sotilgan mashinalar soni 1 milliontaga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Corolla - 21 ming dollar, Model Y 40 ming dollarga narxlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring