Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DataVolt delegatsiyasi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi

DataVolt delegatsiyasi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi

Foto: Digital.uz

Bugun, 27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligining DataVolt kompaniyasi bosh ijrochi direktori Rajit Nanda boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov hamrohlik qilib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, tashrif chog‘ida O‘zbekistonda IT sohasiga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, IT Park va Uzinfocom faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, IT-ta’lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring