Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Corporate Solutions Group” kompaniyasi Bosh direktori va asoschisi bilan O‘zbekistonda IT-eksportini rivojlantirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

“Corporate Solutions Group” kompaniyasi Bosh direktori va asoschisi bilan O‘zbekistonda IT-eksportini rivojlantirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Foto: Digital. uz

IT-eksportni rivojlantirish yo‘nalishida Latviya Respublikasining “Corporate Solutions Group" kompaniyasi Bosh direktori va asoschisi Aigars Ceruss bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida kompaniya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniyaning malakali IT-mutaxassislari safini tizimdagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari bilan to‘ldirish yuzasidan fikrlar almashildi.

Bundan tashqari, kompaniya bilan mamlakatimiz iqtidorli yoshlarini ish bilan ta’minlash va shu orqali IT-eksportini oshirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.    

Ma’lumot uchun: “Corporate Solutions Group kompaniyasi 2022-yil 31-oktabrdan boshlab IT Park rezidenti hisoblanadi. Kompaniya IT konsalting xizmatlari sohasida o‘z faoliyatini olib boradi. Kompaniya 100 dan ortiq turli xalqaro loyihalarda ishtirok etgan bo‘lib, 20 dan ortiq mamlakatlarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda kompaniyaning O‘zbekistondagi ofisida 19 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, yil yakuniga qadar qo‘shimcha 75 ta yangi ish o‘rin ochish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring