Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Samsung Electronics ” bilan IT sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

“Samsung Electronics ” bilan IT sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

Foto: Digital. uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada “Samsung Electronics” kompaniyasining jamoatchilik bilan global aloqalar bo‘yicha korporativ ijrochi vitse-prezidenti Yan Jo Yun, Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha vitse prezidenti Filipp Choi hamda direktori Jeu Park bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan O‘zbekistonda IT-sohasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda IT-kompaniyalar uchun inson resursi ko‘rinishida katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab o‘tildi. 

Shu jumladan, O‘zbekiston aholisi 37 mln nafarni tashkil etganligi, ularning 60 foizdan ortig‘i yoshlar ekanligi, shu maqsadda ularni yuqori maoshli ishchi o‘rinlari bilan ta’minlashda Koreya bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

O‘z navbatida, IT-Park rezidentlari uchun taqdim etilgan soliq imtiyozlari va “Zero Risk” dasturi doirasidagi imtiyozlardan foydalanish orqali IT-kompaniyalar o‘z xarajatlarini optimizatsiya qilish va risklarni kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishligi haqida ma’lumot berib o‘tildi. 

Shundan so‘ng, “Samsung Electronics ” kompaniyasi bilan birgalikda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, “Samsung” kompaniyasining O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan mobil qurilmalarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasini oldindan o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Bunda, “Samsung Electronics” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi ro‘yxatdan o‘tgan qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar almashish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, “Samsung Electronics” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida “buyumlar interneti” (IoT), Sun’iy intellekt, mobil dasturlash va katta hajmdagi ma’lumotlar (BigData) yo‘nalishlarida talabalar uchun amaliy dasturlash ko‘nikmalarini oshirishni nazarda tutuvchi “Samsung Innovation Campus” loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha Vazirlik ishchi guruhi tomonidan “Samsung SDS" (Samsung Data Systems) va IT-Park o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va birgalikda loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring