Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT dagi faoliyatini raqamli marketing jamoasini boshqarishdan boshlagan Monika AVAKYaN

IT dagi faoliyatini raqamli marketing jamoasini boshqarishdan boshlagan Monika AVAKYaN

"Onam bilan mag‘lubiyat nima ekanligini bilmaganman" — 26 yoshida onasiga avtomobil sovga qilgan qiz 

IT dagi faoliyatini raqamli marketing jamoasini boshqarishdan boshlagan Monika AVAKYaN

– Mening IT sohasidagi yo‘lim noodatiy boshlangan. Universitetni tamomlaganimdan so‘ng bankda kredit bo‘yicha mutaxassis sifatida ish faoliyatimni boshladim. Bu menga bebaho tajriba orttirib, juda ko‘plab ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berdi.

Burilish nuqtasi

– Faoliyatimdagi burilish nuqtasi ustozim Farruh bilan uchrashganimda bo‘lgan. U mendagi salohiyatni ko‘rdi va yangi raqamli marketing jamoasini boshqarishni taklif qildi. Bu haqiqiy sinov edi, sababi menda bu sohada umuman tajriba yo‘q edi. Biroq, qat’iyat va o‘rganish istagi tufayli men ko‘plab reklama kampaniyalarini muvaffaqiyatli boshladim va raqamli loyihalarni boshqarishni o‘rgandim.

Keyingi muhim bosqich “Beeline Uzbekistan”dagi faoliyatim bo‘ldi, u yerda men Agile muhitida raqamli marketing bilan shug‘ullandim.

So‘nggi bir yarim yil davomida Veon Adtech mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bo‘ldim.

“Har bir ayol uchun noyob makon yaratishga intilamiz”

– Mening IT Ladies bilan bog‘liq bo‘lgan ambitsiyam juda yuqori. Biz har bir ayol ko‘mak, maslahat va ilhom topa oladigan noyob makon yaratishga intilamiz. Bizning yaqin rejalarimizdan doimiy ravishda mahorat darslari va seminarlar tashkil etish, yetakchi soha mutaxassislarini tajriba almashish uchun taklif qilish, shuningdek, innovatsion fikrlashni rag‘batlantiradigan xakaton va tanlovlar o‘tkazish kiradi.

Shuningdek, tarmoqni kengaytirish va yetakchi IT-kompaniyalar hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Bu bizning a’zolarimizga o‘zlarining professional o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ilg‘or tajriba va resurslardan foydalanish imkonini beradi. Rejalarimizning muhim qismi, a’zolar geografik joylashuvidan qat’i nazar, o‘zaro muloqot qilishlari, bilim almashishlari va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin bo‘lgan onlayn platforma yaratishdir.

«Onam bilan mag‘lubiyat nimaligini bilmaganman» 

Monika erishgan muvaffaqiyatlarida onasining rolini juda yuqori baholaydi.

“Otamning o‘limidan so‘ng onam yolg‘iz boshlari bilan meni oyoqqa turgazdilar, kasb o‘rganishimga, kamolotga erishishimga yordam berdilar. Onam bilan menda hech qachon mag‘lubiyat bo‘lmagan, sababi onam buni tajriba deb ataganlar. Onam bo‘lmaganida men hech narsaga erisha olmasdim”

Monika 26 yoshida onasining 50 yillik yubileyiga avtomobil sovga qilgan IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qizlardan.

Har bir ayol IT sohasida yuksak marralarni zabt etishga qodir

Asosiysi, orzu qilish uchun jasorat, doimiy o‘sish istagi va qobiliyatga ishonch bo‘lishi lozim. Birgalikda biz har kim o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan adolatli va inklyuziv dunyoni yaratishimiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring