Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

AQShning “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi prezidenti Maylz Hansen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Stirling Foundation” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni aniqlash va kelishish hamda ularni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish kabi masalalar muhokama qilindi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bolalar va yoshlarning IT-ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash hamda ularni moliyalashtirishda tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda jamg‘arma o‘rtasida o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan, ta’lim va IT-tadbirkorlik sohasida birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sherzod Shermatov O‘zbekiston prezidenti tomonidan soha uchun belgilab berilgan 3 ta asosiy maqsadga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, dasturiy mahsulotlar eksportini rivojlantirish, 2030-yilgacha 300 ming nafar IT sohasida ish bilan ta’minlash, shuningdek, xalqaro reytingda elektron hukumat bo‘yicha top-30 talikka kirish ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi. Bu maqsadlarga erishish uchun inson kapitalining roli muhimligi va yoshlarning IT-ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Vazir ushbu yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib borishda “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlashdan mamnunligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring