Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdagi IT va BPO kompaniyalari bilan davra suhbati tashkil etildi

AQShdagi IT va BPO kompaniyalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Foto: Digital.uz

Joriy yilning 18-sentyabr kuni AQShning Ostin shahrida O‘zbekistonning BPO va IT-autsorsing salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida AQShdagi IT va BPO korxonalar bilan uchrashuv va davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Ushbu tadbir davomida “Cognizant”, “Sutherland”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “Protel BPO”, “CIVA Technologies”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” kabi IT va BPO kompaniyalari rahbarlari bilan fikr almashildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonning IT va BPO sohasidagi islohotlari va yutuqlari taqdimotini o‘tkazdi: infratuzilmani rivojlantirish, texnologik innovatsiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning autsorsing salohiyati, xususan, mamlakatimizdagi IT, BPO va KPO xizmatlari autsorsingi imkoniyatlari tahlil etildi. O‘zbekiston IT-sohasining investitsion istiqbollari ham muhokama qilindi: IT va BPO sohasidagi qulay sarmoyaviy muhit, AQShdagi IT va BPO korxonalar imkoniyatlaridan qanday foyda olishi mumkinligi yo‘llariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, vazirlik va IT Park tomonidan ishlab chiqilgan yangi tashabbuslar asosida AQShdagi kompaniyalarni O‘zbekistonga imtiyozli ravishda jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratishdi.

AQShda faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar vakillari mamlakatimizdagi amaldagi soliq qonunchiligi va soliqqa tortish tizimi hamda ular uchun joriy etilgan soliq imtiyozlari, qonun doirasida investitsiya kiritish va faoliyatdan daromad olish, shuningdek, O‘zbekistonning poytaxt va viloyatlar bilan solishtirganda ish haqi imkoniyatlari, ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni va mehnat resurslariga qiziqish bildirishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning IT-sohasini rivojlantirish bo‘yicha AQSh kompaniyalari vakillari qator takliflarni ilgari surishdi. Xususan, “Cognizant”, “Sutherland”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “Protel BPO”, “CIVA Technologies” kompaniyalari O‘zbekistoning IT-autsorsing imkoniyatlarini va bozorini o‘rganmoqchi, ular joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” AKT haftaligiga faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

“Cognizant”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” korxonalari O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini ta’minlagan holda 150 million AQSh dollar hajmidagi IT-xizmatlar eksportini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.

Natijada AQShning IT-autsorsing va BPO xizmatlari ko‘rsatuvchi “GlobalNowIT”, “Alorica”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” kompaniyalari O‘zbekistonda rasmiy vakolatxonalarini tashkil etish va ularga IT Parkning rezidenti maqomini berish orqali O‘zbekistonda IT-xizmatlar eksporti hajmi oshiriladi va 2024-yil yakuniga ko‘ra 1500 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring