AQShda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK va “Toyota Tsusho Corporation” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

AQShda “Toyota Tsusho Corporation” (TTC) kompaniyasining boshqaruv direktori Yeiji Matsuzaki bilan “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish loyihasining 2-fazasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK va “Toyota Tsusho Corporation” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Loyiha doirasida telekommunikatsiya transport tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro paketli kommutatsiya markazini kengaytirish, kommutatsiya markazini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish, fazoviy sinxronizatsiya, bulutli xizmatlarni kengaytirishni IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilishda Cisco, Juniper, Sandvine, NEC, Vertiv, Tellhow, HP, Dell, Ribbon, Microchip, Anritsu va boshqa kompaniyalarning qurilmalari asosida kengaytirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter