Amerikaliklar bilan AyTi sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

5 iyun kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida AQSh savdo missiyasining tashrifi doirasida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, AQSh xorijiy kompaniyalari vakillariga O‘zbekistonning IT-jozibadorligi, ushbu yo‘nalishda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida gapirdi.
“O‘zining boy tarixi, madaniy xilma-xilligi va strategik joylashuviga ega O‘zbekiston raqamli landshaftda ajoyib o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. So‘nggi bir necha yil ichida hukumatimiz xorijiy investitsiyalar, xususan, BPO va KPO sohalarida qulay muhit yaratish bo‘yicha istiqbolli siyosat va islohotlarni amalga oshirdi. O‘zbekistonda yuqori malakali va bilimli kadrlar mavjud. Bizning o‘quv dargohlarimiz IT, moliya, muhandislik va BPO va KPO sohalari uchun muhim bo‘lgan boshqa ko‘plab sohalarda ilg‘or ko‘nikmalarga ega doimiy mutaxassislarni yetkazib beradi”, — dedi jumladan Sherzod Shermatov
Tadbirda AQSh yetakchi kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Panel sessiyasidan so‘ng AQSh ishbilarmon doiralari vakillari bilan B2G va B2C uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter