Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alibaba.com kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilindi?

Alibaba.com kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilindi?

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Alibaba.com kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Jou boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va Alibaba.com kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud elektron xizmatlar orqali iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish hamda tadbirkorlarning elektron tijoratdagi ko‘nikmalarini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning eksportbop hududlarida Alibaba.com servis markazlarini rivojlantirish va tadbirkorlarning Alibaba.com saytida onlayn do‘konlar ochishiga ko‘maklashish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring