Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonmi bu yoki bilaguzuk?

Smartfonmi bu yoki bilaguzuk?

Foto: i.ytimg

Samsung MWC 2024 taqdimotida egiluvchan ekranli bilakka taqiladigan smartfonni namoyish etdi.

Cling Band egiluvchan OLED displey va orqa panelga ega. Ushbu funksiyalar tufayli gadjetni bilaguzuk yoki aqlli soat kabi bilagingizga taqib yurishingiz va hattoki smartfon sifatida ishlatishingiz ham mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, agar siz smartfonni bilagingizga taqsangiz, u yurak urish tezligi va boshqa tibbiy ko‘rsatkichlarni yozib olishni boshlaydi.

Shuningdek, Cling Band qurilmasi kamera va quvvatlantirish uchun USB-S portiga ham ega. Samsung kompaniyasi egiluvchan displeylarning antiqa imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilgan ushbu qurilmaning xarakteristikalari va boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring