Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon sekin quvvatlanishining 8 sababi

Smartfon sekin quvvatlanishining 8 sababi

Foto: "Ferra.ru"

Odatda smartfon imillab quvvatga to‘lishining 8 ta asosiy sababi bo‘ladi:

  1. Apparat eski. Ko‘p ishlatilgan va yaxshi saqlanmagan smartfon kuni bitganini sekin quvvatlanish bilan bildiradi.
  2. Simdagi muammo. Smartfon yangiligiga qaramay sekin quvvatlansa, simni tekshirib ko‘rish kerak.
  3. Quvvat bloki nosoz. USB-port yoki quvvat blokidagi muammo ham smartfonning sekin quvvatlanishiga sababchi bo‘ladi.
  4. Quvvat ulagichi noto‘g‘ri. Quvvat ulagichida yoriqlar bo‘lsa yoki qayrilib, buralib qolishidan ham shunday bo‘ladi.
  5. Zararlangan batareya. Akkumulyatorning eskirishi yoki zararlanishi quvvatlanishga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
  6. Smartfonning ko‘p ishlatilishi. Ko‘p o‘yin o‘ynash, video ko‘rish, musiqa eshitish, internetga kirish quvvatni tez yemiradi.
  7. Fon. Zamonaviy smartfonlardagi ayrim fon va ilovalar quvvatni sug‘urib olishga moyil bo‘ladi.
  8. Tizimlarni yangilash. Ba’zan smartfonlar tizimlar yangilangandan so‘ng oldingidan sustroq quvvatlanishga o‘tadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring