Smartfon sekin quvvatlanishining 8 sababi

Odatda smartfon imillab quvvatga to‘lishining 8 ta asosiy sababi bo‘ladi:
- Apparat eski. Ko‘p ishlatilgan va yaxshi saqlanmagan smartfon kuni bitganini sekin quvvatlanish bilan bildiradi.
- Simdagi muammo. Smartfon yangiligiga qaramay sekin quvvatlansa, simni tekshirib ko‘rish kerak.
- Quvvat bloki nosoz. USB-port yoki quvvat blokidagi muammo ham smartfonning sekin quvvatlanishiga sababchi bo‘ladi.
- Quvvat ulagichi noto‘g‘ri. Quvvat ulagichida yoriqlar bo‘lsa yoki qayrilib, buralib qolishidan ham shunday bo‘ladi.
- Zararlangan batareya. Akkumulyatorning eskirishi yoki zararlanishi quvvatlanishga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
- Smartfonning ko‘p ishlatilishi. Ko‘p o‘yin o‘ynash, video ko‘rish, musiqa eshitish, internetga kirish quvvatni tez yemiradi.
- Fon. Zamonaviy smartfonlardagi ayrim fon va ilovalar quvvatni sug‘urib olishga moyil bo‘ladi.
- Tizimlarni yangilash. Ba’zan smartfonlar tizimlar yangilangandan so‘ng oldingidan sustroq quvvatlanishga o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter