Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qanotlari buklanadigan havo avtomobili ilk parvozni amalga oshirdi

Qanotlari buklanadigan havo avtomobili ilk parvozni amalga oshirdi

Foto: Point.md

Samson Sky kompaniyasining Switchblade uchar mashinasi 14 yillik ishlanmadan so‘ng rasman ishga tushirildi. Bir tugmani bosish bilan bu uch g‘ildirakli avtomobil 400 m balandlikka ko‘tarilib, 320 km/soat tezlikda uchadigan samolyotga aylanadi.

Ilk parvoz Vashingtondagi Grant-Kantri aeroportida amalga oshirildi. U 150 m balandlikka ko‘tarildi, aylanib chiqdi va taxminan olti daqiqada qo‘ndi. Bu Federal aviatsiya ma’muriyati uni parvozga yaroqli deb e’lon qilganidan bir yil o‘tib sodir bo‘ldi.

Kompaniya 57 xil davlatdan 2300 ta buyurtma oldi, boshlang‘ich narxi 170 000 dollar. Qurilmaning uch g‘ildirakli dizayni uni mototsikl sifatida tasniflash imkonini beradi, bu esa yo‘ldan foydalanish uchun ruxsatnoma olishni ancha osonlashtiradi.

Gibrid qo‘zg‘alish tizimi va 805 km.gacha masofaga ega bo‘lgan Switchblade noyob transport vositasidir. Bundan tashqari, u oddiy garajga mos keladi. Ikki o‘rindiqli avtomobil qanotlari va dumini buklangan holda 200 km/soat tezlikka erishadi. Parvoz rejimida esa 322 km/soat tezlikka teng. Narxi 170 ming dollar. Ammo hali ommaviy ishlab chiqarish haqida gap yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring