Qimmatbaho smartfonlar brendi yana bittaga ko‘paydi

Xitoyning Huawei kompaniyasi qimmatbaho smartfonlarning yangi brendini sotuvga chiqardi. Premium smartfonlarning yangi brendi Ultimate Design deb nomlanadi.
Xitoyda bo‘lib o‘tgan tadbirda kompaniya rahbarlari Ultimate Design brendi ular uchun eng ilg‘or va hashamatli smartfon va aksessuarlarni birlashtira olishini ma’lum qildi.
Kompaniyaning aytishicha, Ultimate Design estetika, mahorat va innovatsiyalar cho‘qqisini o‘zida mujassam eta olgan.
Yangi smartfonlar sirasidagi ilk gadjet Huawei Mate 60 RS Ultimate Design bo‘lib, mazkur qurilma 6,82 dyuymli OLED displey, 16 gigabayt operativ xotira va 1 terabayt ichki xotira, 48, 48 va 40 megapikselli linzalardan iborat uchta kamera bilan jihozlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter