Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘yin kompyuterlari kasodga uchramoqda

O‘yin kompyuterlari kasodga uchramoqda

Foto: Ferra.ru

2023-yilda dunyo bo‘ylab o‘yin kompyuterlari yetkazib berilishi sezilarli darajada kamaydi. Aslida pasayish 2022-yildan boshlangan edi.

O‘tgan yili o‘yin kompyuterlari 44,9 million dona, monitorlar 17,3 million dona yetkazib berilgan. Bu 2021-yilga nisbatan mos ravishda 6,4 foiz va 7,1 foizga kam. Mutaxassislar holatni makroiqtisodiy omillar, omborlarda ko‘plab qurilmalar zaxirasi va uskunalarning eskirgani bilan izohlashmoqda.

Yana bir sabab — geymerlar ko‘proq eski kompyuterlar va aksessuarlarni sotib olishadi. Chunki yangi qurilmalar ko‘proq energiya sarflaydi va ancha qimmat.

Ammo bu vaqtincha. 2024-yilda o‘yin bozori jonlanishi, keyingi yillarda esa uskunalar savdosi o‘sishi kutilmoqda. 2027-yilga borib o‘yin mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 75,1 million donaga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring