Moslashuvchan OLED displey ishlab chiqildi, uni bukish va cho‘zish mumkin
Tasavvur qiling-a, nozik raqamli displey shunchalik moslashuvchanki, uni bilagingizga o‘rab, istalgan yo‘nalishda egishingiz mumkin. Chikago universitetining Pritsker nomidagi molekulyar muhandislik maktabi tadqiqotchilari aynan shunday materialni ishlab chiqdilar.
Eng qimmat smartfonlar va ko‘plab televizorlarning displeylari OLED texnologiyasiga asoslangan. Kichik organik molekulalar o‘tkazgichlar orasiga joylashtiriladi va elektr toki yoqilganda ular yorqin nur chiqaradi. Ushbu texnologiya eski LED va LCD displeylarga qaraganda tejamkorroq va aniqroq tasvirlarni taqdim etadi.
Kelgusida jamoa qo‘shimcha ranglarni birlashtirish hamda samaradorlikni oshirish uchun displeyning yangi versiyalarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter