Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi iPhone qurilmalarida o‘z-o‘zidan tiklanadigan displeylar bo‘lishi mumkin

Yangi iPhone qurilmalarida o‘z-o‘zidan tiklanadigan displeylar bo‘lishi mumkin

Foto: Ferra

Yangi patent yana bir bor kompaniyaning kelajakdagi qurilmalarini bozorda ajratib turadigan noyob xususiyatga ishora qiladi.

Android Authority ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda Aqsh Patent va tovar belgisi idorasiga (USPTO) o‘z-o‘zidan tiklanadigan ekranga ega qurilma tasvirlangan hujjat topshirilgan.

Ushbu yangilik turli xil qurilmalarda, jumladan, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar va taqiladigan qurilmalarda qo‘llanilishi mumkin.

Patentda aytilishicha, o‘z-o‘zidan tiklanadigan material butun ekranni yoki uning faqat moslashuvchan qismini qoplashi mumkin.

Patent avtomatik o‘z-o‘zini tiklash jarayonini tavsiflaydi, bunda materialning o‘zi chuqurchalar va tirnalgan joylarni to‘ldiradi. Qayta tiklashni issiqlik, yorug‘lik yoki elektr toki yordamida tezlashtirish mumkin.

Qurilmani zaryad qilish paytida yoki ma’lum bir vaqtda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan issiqlik tufayli tiklanish imkoniyati ham aytib o‘tilgan.

O‘z-o‘zini davolash texnologiyasi allaqachon maishiy elektronikada qo‘llanilgan. Misol uchun, 2013-yilda LG kompaniyasi orqa paneldagi mayda tirnalgan joylarni o‘z-o‘zini davolash funksiyasiga ega G Flex smartfonlarini taqdim etdi.

Biroq, bu texnologiya cheklovlarga ega edi va zararni butkul bartaraf eta olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring