Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iOS 17 qaysi iPhonelarga mos tushmaydi?

iOS 17 qaysi iPhonelarga mos tushmaydi?

Foto: Nextpit.com

Apple yangi iOS 17 operatsion tizimi qaysi ayfonlarga mos tushmasligini ma’lum qildi. Bularga iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone X smartfonlari kiradi. iPhone XS, XS Max, XR modellarida operatsion tizimni yangilash mumkin.

iOS 17 shu yil kuzda taqdim etiladi. Unda qanday yangiliklar bo‘lishini avval yozgan edik.

Shuningdek, kompaniya eski operatsion tizimlarda ishlaydigan qurilmalar asosiy ilovalarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. iOS 11, macOS High Sierra, watchOS 4 va tvOS 11 shular jumlasidandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring