Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi birinchi 38 dyuymli monitor

Dunyodagi birinchi 38 dyuymli monitor

Foto: Ixbt.com

Asus kompaniyasi "Computex 2023" ko‘rgazmasida dunyodagi birinchi 38 dyuymli, 144 Gs kadr chastotali 4K o‘yin monitorini namoyish etdi.

ROG Swift PG38UQ monitori IPS paneli bilan ishlaydi va FreeSync Premium Pro hamda G-Sync bilan ham mos keladi.

So‘nggi yangiliklarga qaraganda, ishlab chiqaruvchilar G-Syncning to‘liq versiyasini alohida apparat bloki bilan qo‘llashdan bosh tortayotganga o‘xshaydi.

Monitor VESA DisplayHDR 600 sertifikatiga ega bo‘lib, 10 bitli rangli displey va DCI-P3 rang maydonining 98 foizini qamrab oladi. 38 dyuymli antiqa monitorning narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring