ASUS reklamalarni bloklaydigan neyron protsessorli dunyodagi birinchi routerni namoyish etdi

ASUS kompaniyasi CES 2025 ko‘rgazmasida o‘zining dunyodagi birinchi reklamalarni bloklaydigan routerinini namoyish etdi.
ROG Rapture GT-BE19000AI maxsus sun’iy intellekt chipiga ega bo‘lib, u reklama va trekerlarni samarali aniqlaydi, shuningdek, signal barqarorligini yaxshilaydi va o‘yinlarda pingni kamaytiradi.
Shuningdek, u 19 Gbit/s gacha tezlikda va taxminan 280 m² radiusda Wi-Fi 7 ni qo‘llab quvvatlaydi.
Ushbu qurilmaning narxi 800 AQSh dollar etib belgilandi, lekin sotuv qachondan boshlanishi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter