Asus buklanadigan OLED-monitor taqdim etdi

Asus kompaniyasi portativ ZenScreen Fold OLED-monitorini namoyish etdi, uni o‘zi bilan olib yurish yoki qulay foydalanish uchun yig‘sa bo‘ladi. Kompaniya hozircha narx va sotuvlar boshlanish sanasini e’lon qilmagan, biroq mutaxassislarning fikricha, qurilmani ikki ming dollardan kam bo‘lmagan narxda xarid qilish mumkin.
Ekranining diagonali ochilganda 17,3 dyuym va o‘lchamlari 2560x1920 pikselni tashkil qiladi. Bunday holda displeyni 1920x1280 pikselli ikkita 12,5 dyuymli monitorga bo‘lish mumkin. Buklanish joyida hech qanday iz qoldirmaydi.
Monitorda ikkita USB-C porti, bitta Mini HDMI, dinamiklar, quloqchin porti va stend o‘rnatish moslamasi mavjud. Uning yordami bilan qurilma gorizontal va vertikal holatda o‘rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, korpusning orqa tomonida buklanadigan tirgak mavjud. Qurilma ochilganida qalinligi 9,7 millimetr, displey esa 1,17 kilogrammni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter