Bunaqa narxga buklanadigan flagman olish aqlga sig‘maydi, ammo...

Yaqinda e’lon qilingan buklanadigan TECNO smartfonlari xorijiy nashrlar tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Noodatiy dizayni va hamyonbop narxi bilan boshqa flagmanlardan ajralib turuvchi ushbu yangi smartfon haqida ICT.xabar.uz jurnalistlari nima deydi?
Phantom V Flip ikki xil rangda taqdim etildi: binafsharang (Mystic Dawn) va qora (Iconic Black). Yangi qurilmaning, sun’iy charm qoplamasi boshqa raqobatdosh telefonlardagi oynaga qaraganda qurilamani yaxshiroq ushlab turish imkonini beradi.
Qurilma alyuminiy va po‘latdan yasalgan bo‘lib, 200 000 martagacha egilish uchun mo‘ljallangan.
Asosiysi, smartfon bukilganda ekran yarmi bo‘shliqlarsiz yopiladi.
Ichki displey esa egiluvchan plastmassa bilan qoplangan va minimal ramkalarga ega. 6,9 dyuymli AMOLED matritsasi 120 Gs gacha chastotali LTPO ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilmaning tashqi ekrani dumaloq shaklda ishlab chiqilgan bo‘lib, u gadjetni boshqa analoglaridan ajratib turadi.
Tashqi ekranda siz tezkor sozlamalardan foydalanishingiz, bildirishnomalarni ko‘rishingiz va asosiy kamera yordamida o‘zingizni suratga olishingiz mumkin.
Yangi mahsulot 6 nm diagonali MediaTek Dimensity 8050 protsessori asosida ishlaydi. Chipsetda bitta 3 gigagersli Cortex-A78 yadrosi, uchta 2,6 gigagersli Cortex-A78 va to‘rtta 2,0 gigagersli Cortex-A55 mavjud. Grafikalar esa Mali-G77 MS9 tomonidan boshqariladi.
Operativ xotira – 8 GB. Yana 8 GB gacha virtual operativ xotira qo‘shish uchun MemFusion funksiyasi ham mavjud.
Gadjet Android 13 operatsion tizimida HiOS 13.5 asosida ishlaydi. Ammo TECNO flagmanlari qimmatbaho Motorola Razr 40 dan anchayin kuchliroq bo‘lib chiqdi.
Qurilma ikkita kamera bilan jihozlangan: asosiy sensor Samsung ISOCELL GWB – 64 MP, f/1.7, ultra keng – 13 MP. Old modul esa 32 megapiksel. 4000 mA/soat akkumulyator qurilmani 45 vattda quvvatlantiradi.
Bu tariflardan keyin siz ham ushbu ajoyib qurilmani xarid qilishga qiziqib qolganingiz shubhasiz. Ammo TECNO Phantom V Flip hozircha faqat Hindistonda 601 dollardan sotuvga chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter