Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoycha raqobat: Transsion kuchli uchlikka yaqinlashib qoldi

Xitoycha raqobat: Transsion kuchli uchlikka yaqinlashib qoldi

Foto: CNN

Xitoyning Transsion kompaniyasi, 2023-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, jahon smartfonlar bozorining 8,6 foizini ishg‘ol qilib, kuchli beshlikka kirdi. To‘rtinchi o‘rindagi Orro (8,9 foiz) bilan oradagi farq juda oz.

Transsion yillik daromadi 20 foiz o‘sib, $5,8 mlrdni tashkil etmoqda, kompaniya sof foydasi esa 70 foizga ko‘paydi.

2022-yilda Transsion o‘ziga qarashli Tecno, Itel va Infinix brendlari bilan Afrika smartfonlar bozorining 40 foizini o‘ziniki qildi. Qolaversa, Pokiston va Bangladesh kabi aksariyat aholisi qimmatbaho smartfonlarni hatto orzu ham qilmaydigan mamlakatlarda kompaniya yetakchilikni saqlab turibdi. Transsion Efiopiya, Hindiston va Bangladeshda o‘z smartfonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring