Apple Watch smart soatlari suvtekin bo‘lib ketdi

Apple qayta yangilangan Apple Watch Syeriyes 8 va Apple Watch SE 2 soatlarini suvtekin narxda sota boshladi.
41 mm korpusli va GPS bilan yangilangan Apple Watch Syeriyes 8 aqlli soati 339 dollar turadi. Bu yangi chiqqan modellardan 60 dollarga arzon deganidir. 45 mm korpusli va eSIMni qo‘llab-quvvatlaydigan yuqori versiyasi esa 449 dollarga baholanmoqda. Bu degani, endi siz ushbu modelni naq 80 dollarlik chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
Yangilangan Apple Watch SE 2 40 dollarlik chegirma bilan – 204 dollarga, uning yuqori versiyasi esa 50 dollarlik chegirma bilan – 279 dollarga sotilmoqda. Do‘ppingizni osmonga otishga shoshilmang, afsuski, bu soatlarni faqat AQShda sotib olish mumkin.
Ma’lumot uchun, qayta tiklangan qurilmalar ma’lum sabablarga ko‘ra do‘konga qaytarilgan gadjetlardir. , Zavodga qaytarilgach, soatlar qattiq sinovdan o‘tkaziladi. Asosiysi, yangilangan gadjetlar ham yangi akkumulyator, korpus, aksessuarlar va yangi mahsulotlar kabi bir yillik kafolatga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter