Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple va ChatGPT yana nimalarni boshladi?

Apple va ChatGPT yana nimalarni boshladi?

Foto: Ixbt.com

Financial Times nashrining xabar berishicha, OpenAI, SoftBank va Apple kompaniyalari birgalikda sun’iy intellekt olamining iPhoneini yaratish maqsadida 1 milliard dollarlik loyihani moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

OpenAI ChatGPT muvaffaqiyatidan foydalangan holda Silikon vodiysida smartfondan keyingi yana bir yirik apparat platformasini ishlab chiqarmoqchi.

OpenAI bosh direktori Sem Altman OpenAIning ilk qurilmasini ishlab chiqish uchun Apple kompaniyasining sobiq dizayneri Joni Ayvning LoveFrom kompaniyasiga murojaat qildi.

Joni Ayv Appleda yigirma yil ishlaganidan so‘ng, 2019-yilda LoveFrom kompaniyasiga asos solgan va u yerda iPhone va iPod kabi eng nufuzli qurilmalarni yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Loyiha hali boshlang‘ich bosqichlarida bo‘lsada, kompaniyalar aqliy hujum sessiyalarida ko‘plab potensial loyihalarni muhokama qilishdi.

Jumladan, AI bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun yanada tabiiy va intuitiv foydalanuvchi tajribasini taqdim etadigan narsalarni yaratishga umid qilishmoqda.

Ular iPhone ilk bor mobil internet bilan o‘zaro munosabatimizni o‘zgartirish uchun sensorli ekrandan qanday foydalanganligidan ilhomlangan holda, bu ishga qo‘l urishdi.

SoftBank bosh direktori Masayoshi Son yangi korxonaga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritib, uchta kompaniyaning qobiliyatlari va texnologiyalaridan unumli foydalangan holda yana bir yirik kompaniya yaratishni taklif qilmoqda.

Umuman olganda, kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar juda jiddiy, ammo yakuniy emas.

Yakuniy xulosalarni rasmiy e’lon qilishga bir necha oylar, mahsulot bozorga chiqishi uchun esa yillar kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring