Android foydalanuvchilari Apple ishqibozlariga qaraganda o‘z smartfoniga vafodor bo‘lar ekan

CIRP tahliliy agentligi mutaxassislari odamlar orasida eski smartfonlarni nima qilishlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishdi.
So‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Apple qurilmalaridan foydalanadigan kishilarning 43 foizi ko‘pincha o‘z smartfonlarini ustama narx hisobiga yangisiga almashadilar.
Respondentlarning 23 foizi eski telefonini ham o‘zi uchun esdalikka olib qo‘yadi, 13 foizi esa qarindoshlari yoki do‘stlariga berib yuboradi.
Android qurilmalarining taqdiri esa biroz boshqacharoq. Ma’lum bo‘lishicha, Android smartfonlardan foydalanuvchilarning aksariyati eski telefonini o‘zi bilan olib yuradi. Atigi 14 foiz foydalanuvchilar qurilmani sotib yuborishsa, 11 foizi o‘z yaqinlariga sovg‘a qilishni ma’qul ko‘rishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter