Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amazon Starlinkga raqobatchi yaratdi

Amazon Starlinkga raqobatchi yaratdi

Foto: Aboutamazon.com

Amazon suniy yo‘ldosh orqali Internetni uzatish uchun terminal tasvirlarini namoyish etdi. Loyiha Kuiper deb ataladi va so‘nggi bir necha yil davomida ishlab chiqilmoqda. U Starlinkning analogi va raqobatchisiga aylanishi kerak.

Qayd etilganidek, bir vaqtning o‘zida turli kirish tezligiga ega terminallarning 3 ta versiyasi sotuvga chiqariladi. 7 dyuymli asosiy versiya 100 Mbit/s gacha ulanishni ta’minlaydi, kerak bo‘lganda yig‘ib, olib yurish, shuningdek, yo‘lda ham foydalanish mumkin.

Ikkinchi versiya 11 dyuymli. U binoga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va 400 Mbit/s gacha tezlikni ta’minlaydi. Statsionar foydalanish uchun ko‘proq mos keladi.

19x30 dyuymli terminalning uchinchi versiyasi 1 Gbit /s.gacha tezlikdagi ulanishni ta’minlaydi. U korporativ foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Terminallar narxi hali e’lon qilinmagan, shuning uchun ular bu borada Starlinkdan qanchalik farq qilishi aniq emas.

Kuiper loyihasining dastlabki 2 suniy yo‘ldoshi joriy yilda, ketma-ket uchirilishi esa 2024 yilda boshlanishi kutilmoqda. Kelgusi yilning oxiriga kelib, birinchi foydalanuvchilar tarmoqqa kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Abonent to‘lovi miqdori ham noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring