Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Starshipning yettinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakun topdi

Starshipning yettinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakun topdi

Kecha tunda Starshipning yettinchi sinov parvozi bo‘lib o‘tdi, afsuski, hammasi rejadagidek bo‘lmadi va tezlashuv vaqtida kema parchalanib ketdi.

Buning sababi kislorod yoki yoqilg‘i oqishi, deb taxmin qilinyapti.

Bu safar ular ikkinchi avlod raketasini konstruktiv yaxshilanishlar bilan, shuningdek, birinchi marta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining foydali yuklari bilan sinovdan o‘tkazishdi.

Kuchaytirgich minoradagi ushlagichlar tomonidan muvaffaqiyatli ushlandi, ammo kemaning o‘zi vayron bo‘ldi va mayda bo‘laklarga bo‘linib qulab tushdi.  

Hodisaning aniq sabablari hali ham tahlil qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring