Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2 oy ichida 1,1 millionta fitnes-braslet sotildi

2 oy ichida 1,1 millionta fitnes-braslet sotildi

Foto: Xatakamovil.com

Xiaomi Band fitnes-brasleti yana bir bor xaridorgirligini isbotladi. Kompaniya 2 oydan kam vaqt oralig‘ida 1,1 millionta Mi Band 8 sotishga muvaffaq bo‘ldi. Hali bu Xitoyning o‘zida, boshqa mamlakatlardagi sotuv hisobga kiritilmagan.

Mi Band 8 Xitoyda o‘tkazilayotgan "618" katta chegirmasining "chempion" mahsuloti bo‘ldi. Chunki u oddiy fitnes-brasletdan zamonaviy akssesuarga aylandi.

Diagonali 1,62 dyuymga teng OLED ekran, 150 ta mashq rejimi, uyqu va stress monitoringiga ega braslet ko‘pchilikni o‘ziga rom etdi. Maksimal 15 kun avtonom ishlay oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring