Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miya uchun qay biri foydaliroq — qo‘lda yozganmi yo raqamli qurilmalarda?

Miya uchun qay biri foydaliroq — qo‘lda yozganmi yo raqamli qurilmalarda?

Foto: Freepik

Miya uchun qay biri foydaliroq — qo‘lda yozganmi yo raqamli qurilmalarda? Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda shu savolga javob izlandi — natijalar Frontiers jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotga 36 nafar universitet talabasi jalb qilindi. Olimlar EEG (elektroensefalografiya) ma’lumotlari yordamida bog‘lanish patternlarini kuzatib borib, ularning miyasidagi elektr faollikni yozib olishdi.

Qayd etilishicha, so‘zlar raqamli ruchkada yozilganida, klaviaturadan foydalanilganga qaraganda, miyada murakkabroq bog‘lanish patternlari namoyon bo‘lgan. So‘zlarni qo‘lda yozganda, ayniqsa, miyaning tepa va markaziy sohalarida kuzatiladigan bog‘lanish uyg‘unligi (kognitivligi), xotirani shakllantirish va yangi axborotni kodlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’limdagi o‘rganish jarayonini yaxshilaydi.

Tadqiqot mualliflari, qo‘lda yozishning kognitiv afzalliklarini ta’kidlash bilan birga, ta’lim muassalarida an’anaviy yozish va rivojlanib borayotgan texnologiya yutuqlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zarur degan xulosaga kelishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring