Ijtimoiy tarmoqlardagi kechki postlar uyqu vaqtini 3 soatga kechiktiradi

Bir guruh psixiatrlar tunda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va uyquning kechikishi o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni o‘rgandilar. Buning uchun ular 44 mingta internet foydalanuvchisining kechki odatlarini kuzatib borishdi.
Devayslardan chiqadigan moviy nurning ta’siri uyqu muammolariga olib kelishi mumkin, chunki u melatonin ishlab chiqarishga xalaqit beradi. Shuningdek, yotishdan oldin ijtimoiy tarmoqlarni titkilash uxlash vaqtini kechiktirishi turgan gap. Boshqa foydalanuvchilarning javobini kutish bemalol uxlashga bermaydi.
Tadqiqot guruhi 15 yil davomida 44 000 foydalanuvchi tomonidan yozilgan 120 million postni tahlil qildi. Bu ularga ijtimoiy tarmoqdagi postlarning uyqu vaqtiga ta’sirini o‘rganish imkonini berdi. Ayon bo‘ldiki, ijtimoiy tarmoqlardagi kechki postlar uyqu vaqtini 3 soatga kechiktiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter