Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IELTSdan o‘tolmaganingizga shubhangiz bormi?

IELTSdan o‘tolmaganingizga shubhangiz bormi?

Foto: Vk.com

Yaqinda IELTSda yuqori ball to‘plab, sarflangan pulni qaytarib olish mumkinligi haqida yozgan edik. Bu, albatta, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar uchun suyunchidek gap.

Shu o‘rinda imtihondan o‘tolmaganlar uchun ham yaxshi yangilik bor.

Agar sizda bilimingizga ishonch kuchli-yu, lekin “Nega kam ball yig‘dim ekan?”, degan shubha bor bo‘lsa, aslo kurashdan to‘xtamang. Imtihondan o‘tolmaganlar u o‘tkazilgan kundan boshlab 3 ish kunida my.gov.uz orqali vakolatli organga apellyasiya shikoyati berish imkoniyatiga ega.

Bu turdagi murojaat 2 hafta ichida ko‘rib chiqiladi. Talabgor apellyasiya komissiyasi qarori to‘g‘risida portal orqali xabardor qilinadi. Qarorga ko‘ra test sinovi natijalari o‘zgartirilishi yoki o‘zgarishsiz qoldirilishi mumkin. Siz hatto apellyasiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ham egasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring