Qanday rasm kerak? Yozing, chizib beramiz!

Xitoyning Alibaba texnologik giganti matndan tasvirlar yaratishga qodir bo‘lgan sun’iy intellekt vositasi – Tongyi Wanxiangni ishga tushirdi.
Tongyi Wanxiang sizga xitoy va ingliz tillarida matn kiritish imkonini beradi va yozilgan so‘zlar orqali sun’iy intellekt turli uslublarda tasvir yaratadi.
"Tongyi Wanxiang yuqori sifatli generativ AI tasvirlari uchun yanada qulayroq bo‘lib, u innovatsion sun’iy intellekt san’ati orqali turli sohalarga kirib boradi", dedi Alibaba Cloud Intelligence texnik direktori Jingren Chjou.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vositadan hozircha faqat Xitoydagi korporativ mijozlar beta-test sinovida foydalanishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter