Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alibaba dunyodagi eng kuchli sun’iy intellekt modellaridan birini chiqardi

Alibaba dunyodagi eng kuchli sun’iy intellekt modellaridan birini chiqardi

Foto: 3dnews

Xitoyning eng yirik bulutli hisoblash va elektron tijorat kompaniyasi Alibaba Xanchjoudagi yillik konferensiyasida o‘zining yangi avlod katta til modeli Tongyi Qianwen 2.0 ni taqdim etdi. Kompaniyaning rivojlanishi unga Amazon va Microsoft kabi global texnologiya gigantlari bilan raqobatlashishda yordam berishi kerak.

Yangi sun’iy intellekt platformasi murakkab til ko‘rsatmalarini tushunish, kopirayterlik, yodlash va faktlarni to‘g‘irlash bo‘yicha ajoyib imkoniyatlarni namoyish etadi. Kompaniya, shuningdek, ko‘ngilochar, moliya, sog‘liqni saqlash va huquq sohalari uchun sakkizta sun’iy intellekt modelini chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Alibaba raqobatchisi hisoblanmish Tencent xoldingi 100 milliarddan ortiq parametrlarga ega o‘zining yirik Hunyuan tilidagi modelini taqdim etgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring