Operatsiya videolari asosida robot - jarrohlar tayyorlanmoqda

Jons Xopkins universiteti mutaxassislari haqiqiy operatsiyalar videolari asosida robot - jarrohni tayyorlamoqda. Test natijasi kutilganidan ham a’lo bo‘ldi.
Aytishlaricha, sun’iy intellekt yuzga yaqin videolarni tamosha qilgan, shundan so‘ng u manipulyatorlarni deyarli professional kabi mohirona ishlata boshlagan. Va ushbu texnologiya tufayli siz mashinani umuman dasturlashtirmasdan deyarli har qanday operatsiyani tezda o‘rgatishingiz mumkin.
Hozirda robot hayvonlarning to‘qimalari ustida mashq qilmoqda, biroq kelajakda mualliflar undan odamlar ham foydalanishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter