Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Operatsiya vaqti yashirin qon yo‘qotishlarni aniqlovchi neyrotarmoq

Operatsiya vaqti yashirin qon yo‘qotishlarni aniqlovchi neyrotarmoq

Foto: Ichilov-clinic.gov.il

Sibir davlat tibbiyot universiteti olimlari anesteziolog va reanimatologlarga qo‘l keladigan neyrotarmoq ishlab chiqishdi. U jarrohlik paytida yashirin qon yo‘qotishlarini topishga yordam beradi. Neyrotarmoq doimiy ravishda bemor ma’lumotlarini qayta ishlaydi, bu esa biror narsa noto‘g‘ri ketganini tezda aniqlash imkonini beradi.

Operatsiyalar paytida yashirin qon yo‘qotishlarni hatto tajribali shifokorlar ham sezmay qolishlari mumkin. Bu esa jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi.

Sun’iy intellektga asoslangan algoritm shifokorlarga yashirin qon yo‘qotish holatlaridan o‘z vaqtida ogohlantiradi. Uni ishlab chiqish uchun 40 mingdan ortiq intensiv terapiya bemorlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan.

Kecha shifoxonadan tashqarida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi tizim haqida yozgan edik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring