Alpinist-robot jarrohlik operatsiyalari yoki qutqaruv ishlarida qo‘l keladi

Vaterloo universiteti muhandislari tashqi quvvat manbaiga ulanmasdan qiya va teskari yuzalarda harakatlana oladigan egiluvchan GeiwBot robotini ishlab chiqdi.
Uning uzunligi taxminan 4 sm., kengligi 3 mm., qalinligi 1 mm. Robotning harakatini boshqarish uchun tadqiqotchilar ultrabinafsha nurlanish va magnit maydon yordamida masofaviy ta’sir qilishdan foydalanganlar. Bu esa kelajakda qurilmadan jarrohlik operatsiyalari yoki qutqaruv ishlari uchun foydalanish imkonini beradi.
Muhandislar robotni ultrabinafsha nurlarsiz va tashqi magnit maydonsiz harakatlanishni ta’minlash darajasida takomillashtirishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter