Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neyrotarmoq o‘zga sayyoraliklarni yaqindan ko‘rsatdi

Neyrotarmoq o‘zga sayyoraliklarni yaqindan ko‘rsatdi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Pablo Neirasso Telegram kanalida sirli shaffof jonzotlar tasvirlari paydo bo‘ldi. To‘plamda juda ko‘p chiroyli rasmlar mavjud. Ularning har birida havoda suzuvchi va noaniq meduzaga o‘xshab ketadigan pushti rangdagi narsalarni ko‘rishingiz mumkin.

“Tasavvur qiling-a, o‘zga sayyoraliklar bizning Yerga kelgan, lekin ular biz tasavvur qilganimizdek emas”, — deyiladi suratlar tagida.

Tasvirlarning realizmiga qaramay, ularning barchasi soxta va neyrotarmoq tomonidan yaratilgan. Manba qaysi sun’iy intellekt generatoridan foydalanilganini ko‘rsatmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring