Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro raqamli yangilanish amalga oshirildi (Foto)

Xalqaro raqamli yangilanish amalga oshirildi (Foto)

Foto: Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Samarqand shahrining «Silk road Samarkand» majmuasida joylashgan Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi, Rossiya Federatsiyasining «Raqamli iqtisodiyot» avtonom notijorat tashkiloti bilan birgalikda «ICTWEEK UZBEKISTAN 2022» axborot-kommunikatsiya «Ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish platformalari va xizmatlari» mavzusida xalqaro raqamli yangilanishni amalga oshirdi. Bu haqda Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda sessiya ishtirokchilari ta’lim sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar, ilg‘or texnologiyalar va platforma yechimlarini ko‘rib chiqdilar. Rossiyaning yetakchi raqamli kompaniyalari mutaxassislari ta’lim xizmatlari uchun platforma yechimlarining so‘nggi tendensiyalarini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring