Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yil sarhisobi – oktyabr

2022-yil sarhisobi – oktyabr

-   Toshkentda “Euroasia Data Center and Cloud Forum” tadbiri o‘tkazildi;

-   Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro press-klubning “Axborot texnologiyalari – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi dasturida ishtirok etdi.

-   “O'zbektelecom” AK korrupsiyaga qarshi kurash menejment tizimining xalqaro standartga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi;

-   Ilk bora O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “VEON” direktorlar kuzatuv kengashining yig‘ilishi doirasida AKT vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi;

-   Tatariston Prezidenti delegatsiyasi IT Parkka tashrif buyurdi;

-   Samarqand shahrida “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tdi.

-   “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” haftaligi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun “JOB FAIR” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi;

-   AKT haftaligi davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan “ICTEXPO” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi;

-   Samarqandda Mobiuz`ning zamonaviy Xizmat ko‘rsatish markazi ochildi;

-   IT Park rezidenti – “Revotech” va AQShning Effika Corp kompaniyasi o‘rtasida 20 million dollarlik memorandum imzolandi;

-   “Toyota Tsusho Corporation” hamda "O’zbektelecom" AK o‘rtasida umumiy qiymati 150 mln dollaridan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi;

-   Mobiuz va Huawei uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha  25,4 million dollarlik buyurtmani imzoladi;

-   Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti AKT vazirlarining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi;

-   “ICTWEEK – 2022” doirasida IT-direktorlar sammiti bo‘lib o‘tdi;

-   30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan ASMHga a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashiga birinchi marotaba O‘zbekiston AKT vaziri rais etib saylandi;

-   ICTWEEK Uzbekistan 2022” AKT haftaligining yakunlovchi kunida olis Oqsoy qishlog‘ida “Yagona integrator – UZINFOCOM” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha – IT Village majmuasi ochildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring